Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli 9 - sinf o‘quvchilari va ularning ota- onalari!!! | PIIMA | 2023

Hurmatli 9 - sinf o‘quvchilari va ularning ota- onalari!!!

Jizzax politexnika instituti akademik litseyi 2022-2023 o'quv yili uchun quyidagi yo'nalishlarga umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o'qishga taklif qiladi!

1. Aniq fanlar (texnika) yo'nalishi (Matematika+Fizika)
2. Aniq fanlar (Iqtisod) yo'nalishi (Matematika+Ingliz tili)
3. Aniq fanlar ( boshlang'ich ta'lim) yo'nalishi (Matematika+Ona tili)
4. Tabiiy fanlar (tibbiyot) yo'nalishi (Biologiya+Kimyo)
5. Tabiiy fanlar (Kimyo texnologiyalari) yònalishi
(Kimyo + matematika ) fanlaridan 2 bosqichli imtihon sinovlari bo'lib òtadi

Eslatib òtamiz hujjatlar 20 iyundan -10 iyulgacha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining onlayn platformasi orqali ro'yxatdan òtkaziladi.

QABUL UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR ROʻYXATI:

1) ARIZA (on-line shaklda to'ldiriladi yoki litseyga kelib to''ldirilishi mumkin);
2) TUGʻILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMA (YOKI ID KARTA) NUSXASI;
3) 3,5 X 4,5 OʻLCHAMDA 6 DONA FOTOSURAT (orqa tomonida oʻquvchining 9-sinfda oʻqishini tasdiqlovchi maktab direktorining muhri va imzosi bo'lishi kerak)

Hujjat qabuli onlayn tarzda https://litsey.edu.uz/sayti orqali va Akademik litsey binosida amalga oshiriladi

IMTIHONLAR 2 bosqichda o'tkaziladi :
Birinchi bosqich yozma ish, ikkinchi bosqich DTM tomonidan test sinovlari.
Birinchi imtihonlar akademik litsey binosida o'tkaziladi. Bunda o'quvchilar quyidagi fanlaardan yozma ish topshiradilar
1. Aniq fanlar (texnika) yo'nalishi (Matematika+Fizika fanlarining har biridan 5 tadan misollar)
2. Aniq fanlar (Iqtisod) yo'nalishi (Matematika (5 ta misol) + Ingliz tilidan ijodiy ish -esse )
3. Aniq fanlar ( boshlang'ich ta'lim) yo'nalishi (Matematika (5 ta misol) +Ona tilidan insho )
4. Tabiiy fanlar (tibbiyot) yo'nalishi (Biologiya+Kimyo fanlaridan har biridan 5 tadan misol)
5. Tabiiy fanlar (Kimyo texnologiyalari) yònalishi (Kimyo + matematika fanlarining har biridan 5 tadan misol ).
Yozma ishlar maktabning 5-9 sinf programmasi asosida olinadi.

Barcha savollarga
@JIZPI_AKADEMIK_LITSEYI kanali orqali javob olasiz!
"Call-center" xizmati (soat 8.00 dan 18.00 gacha)
91-940-07-00
33-851-07-07
91-198-87-75
72-226-64-33