Yaxshi tushuntirish! Testning yakuniy javoblari qachon e’lon q | DTM_English_Tests
Yaxshi tushuntirish! Testning yakuniy javoblari qachon e’lon qilinadi?
JAVOB: Qonunchilikka ko‘ra, eng oxirgi test sinovi o‘tkazilgan kundan 10 kun ichida yakuniy javoblar (ya’ni kim kirgan-kirmagani) e’lon qilinadi. Eng oxirgi test sinovi — koronavirusga chalingani uchun kelmagan yoki test kuni isitmasi baland bo‘lgani sababli dalolatnoma tuzilgan abituriyentlarga o‘tkaziladigan qo‘shimcha test sinovidan boshlab hisoblanadi.
Menimcha, yakuniy javoblar avgust oyining oxirlarida (30-31 avgust) e’lon qilinsa kerak. Umid qilamizki, bundan vaqtliroq javoblar chiqadi. Va yanada kattaroq umid qilamizki, javoblarni sentyabrgacha cho‘zishmaydi.
Shuningdek, abituriyentlar https://mandat.dtm.uz saytidan o‘zlarining va raqiblarining to‘plagan ballarini, nechanchi o‘rinda turganini ko‘rib olishlari mumkin.
@Xushnudbek
Kanalimiz bilan qoling
@DTM_ENGLISH_TESTS
https://t.me/joinchat/2eAAAIIpSk0zZWYy