Get Mystery Box with random crypto!

O‘tgan o‘quv yilida 3163 talabaga ijara to‘lovining 50 foizi t | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

O‘tgan o‘quv yilida 3163 talabaga ijara to‘lovining 50 foizi to‘lab berilgan — vazirlik

Sardor Usmonov kimlarga ijara to‘lovining 50 foizi qoplab berilishini sanagan. Unga ko‘ra talaba:

ijara shartnomasi bilan ariza topshirgan bo‘lishi;

kam ta'minlangan bo'lishi yoki oila a'zolari xorijda vaqtinchalik ishlashi;

og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasiga mansub bo‘lishi;

OTMda o‘rnak ko‘rsatgan va faol bo‘lishi kerak.

1 haftada ariza beruvchining ma'lumotlari o‘rganib chiqiladi, mezonlarga mos tushsa, pul talaba kartasiga tashlanadi. Eslatib o'tamiz, prezident farmonida ijarada turadigan talabalarning 60 foiziga ijara to'lovining 50 foizi to'lab berilishi belgilangan.

DTM Axboroti

https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi