Get Mystery Box with random crypto!

O‘quvchi-talabalar uchun temir yoʻl chiptalariga chegirmalar b | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

O‘quvchi-talabalar uchun temir yoʻl chiptalariga chegirmalar beriladi

Prezidentimiz farmoni asosida ayrim toifadagi fuqarolar, xususan, talabalar uchun Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish (ishlanmaydigan) kunlar davrida ichki yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari tarifiga chegirmalar taqdim etiladi.

Unga koʻra, 1—4-sentabr kunlari temir yoʻl chiptalari uchun:

oliy oʻquv yurtlari, kollej va litsey talabalari, maktab oʻquvchilari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga – 15 foiz;

“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga — 10 foiz chegirmalar beriladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi