Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 23-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

23-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limidan):

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

transfer.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda (hozirda sayt tayyorlanmoqda, 1 soatdan so‘ng natijalarni bilish mumkin bo‘ladi).

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi