Get Mystery Box with random crypto!

​O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot aka | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga kirish test sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 25-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan 5 ta mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 100 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat-u 20 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 100 ball bo‘lib, har bir tog‘ri javob uchun 1 balldan beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi