Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2021-yil 25-avgust kuni 07:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Toshkent davlat yuridik universiteti Kengashi tomonidan tasdiqlangan Davlat va huquq nazariyasi hamda chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, Davlat va huquq nazariyasi fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball), chet tili fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 24-avgust kuni Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 06:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi