Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23- | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

​​​​ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni 2-smenada boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball), ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi va ularga Davlat test markazi tomonidan ruxsatnoma berilmaydi. Ular uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi