Get Mystery Box with random crypto!

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti magistraturasiga qabu | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti magistraturasiga qabul

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Hujjatlarni qabul qilish universitetning https://admissions.univ-silkroad.uz/ sayti orqali 20-avugstga qadar amalga oshiriladi.

Magistratura mutaxassisliklari (taʻlim tili - ingliz tili):

Ziyorat turizmi;
Turizmda transport logistikasi;
Muzeyshunoslik;
Madaniy, tabiiy va aralash meros оbyektlarini boshqarish.

Qo‘shma ta’lim dasturi (taʻlim tili - ingliz tili):

Multimediya obyektlarini yaratish (1+1) Don Davlat texnika universiteti (Rossiya);
Arxitektura nazariyasi va tarixi, Arxitektura merosini tiklash (1+1) Don Davlat texnika universiteti (Rossiya);
Xalqaro turizm (1 yillik) (Makedoniya universiteti).

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib borilib, oʻqishga kirish uchun IELTS (6,5 dan yuqori), TOEFL (79 balldan yuqori), CEFR (B2 darajasidan yuqori) sertifikati talab qilinadi. Hozirda muayyan sertifikatga ega bo‘lmagan abituriyentlarga talabalar safiga qabul qilinishi uchun sertifikatni 1-oktabrgacha taqdim etish imkoniyati beriladi.

Agar talabgor 2021-yil 20-avgustdan 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘yicha imtihonlarni topshirib, tegishli ball toʻplagan boʻlsa, mazkur talabgorning til boʻyicha imtihon topshirish xarajatlari universitet tomonidan qoplab beriladi.

Test sinovlari 2021-yil 24-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

To‘liq ma’lumot olish uchun:
https://uzbektourism.uz/news/view?id=1840

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi