Get Mystery Box with random crypto!

Professional ta’lim tizimida ta’lim dasturlari loyihalarining | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Professional ta’lim tizimida ta’lim dasturlari loyihalarining jamoatchilik muhokamasi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq professional ta’lim dasturlari loyihalarini jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirish yo‘lga qo‘yildi.

Ta’lim dasturlari loyihalari bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining dastur.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Mazkur loyihalar yuzasidan takliflar elektron tarzda yuqoridagi sayt orqali yuborilishi mumkin.

Ta’lim dasturlari bo‘yicha jamoatchilik va ekspertlar, shu jumladan ish beruvchilar, vazirlik va idoralar, uyushmalar va mahalliy ijro hokimiyati organlari vakillarining taklif va tavsiyalari mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi