Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘qon universitetiga kirish test sinovlari o‘tkazildi 2021 | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Qo‘qon universitetiga kirish test sinovlari o‘tkazildi

2021-yil 14-15-avgust kunlari 2021-2022-o‘quv yili uchun Qo‘qon universitetiga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari pandemiya holatidan kelib chiqqan holda ochiq maydonlarda o‘tkazildi.

Unda 10 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 200 nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlarida abituriyentlarga 2 ta muaxassislik fani bo‘yicha 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt berildi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, 1-mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan, 2-mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan beriladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi