Get Mystery Box with random crypto!

Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari oʻtkaziladigan sa | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari oʻtkaziladigan sana maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari 18-avgust kuni 19:00 da boshlanadi. Bu haqda DTM maʼlum qildi.

Test sinovlari respublika boʻyicha quyidagi ochiq maydonlarda oʻtkaziladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – “Turon” markaziy stadioni;

Andijon viloyati – Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi stadioni (3-sektor);

Namangan viloyati – 17-bolalar-oʻsmirlar sport maktabi “Navbahor-umid” stadioni;

Buxoro viloyati – “Dilkusho” tennis sport majmuasi;

Xorazm viloyati – Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasi (1-sektor);

Surxondaryo viloyati – Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati futbol maydoni;

Qashqadaryo viloyati – “Nasaf” futbol klubi mashgʻulotlar maydoni (2-sektor);

Toshkent shahri – Botanika bogʻi (1-2-3-4-sektorlar).

Talabgorlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari soʻralmoqda.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi