Get Mystery Box with random crypto!

Testga nimalar olib kirish mumkin? #abituriyent Ushbu savol k | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Testga nimalar olib kirish mumkin?
#abituriyent

Ushbu savol koʻpchilikni qiziqtirmoqda.

Demak, quyidagilarga ruxsat beriladi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat (mana bu yerda toʻliq roʻyxati bor);
abituriyent ruxsatnomasi;
kepka yoki panama;
oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
pul;
dastroʻmol;
kalit.

Quyidagilar mumkin emas:

telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
shpargalka, kalkulyator; va h.k.
ruchka (ichkarida beriladi);
suv (ichkarida beriladi);
qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
tibbiy niqob (kirish joyida yangi beriladi);
mashina pulti (kirish postida qoldiriladi).

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi