Get Mystery Box with random crypto!

Test sinovlarining birinchi kun birinchi smenasi oʻz nihoyasig | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Test sinovlarining birinchi kun birinchi smenasi oʻz nihoyasiga yetdi

Bugun, 5-avgustdan boshlab yurtimiz boʻylab kirish test sinovlariga start berildi. 14 ta hududda joylashgan stadionlar, xiyobonlar va ochiq sport inshootlarida bir necha kun davomida 950 ming abituriyent oʻz bilimini sinab koʻradi.

Jarayonlarni https://test2021.uz sayti orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Yuqoridagi suratlarda Fargʻona hamda Samarqanddagi test sinovlaridan ayrim lavhalar berilgan.

Barcha bilimlilarga omad tilaymiz, omadlilarga esa bilim!

Foto: OʻzA / Muqimjon Qodirov, Alisher Isroilov.


DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi