Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yil OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni o'tga | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Joriy yil OTMlarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni o'tgan yilgidan 536 mingtaga kam

2021/22 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining bakalavriat yo‘nalishlarida o‘qish uchun 948 211 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Davlat test markazi ma'lum qildi.

Abituriyentlarning ta'lim shakllari bo‘yicha soni quyidagicha:

Kunduzgi ta'lim shakli – 479 627 nafar
Sirtqi ta'lim shakli – 435 995 nafar
Kechki ta'lim shakli – 32 589 nafar 

Tillar kesimida:

O‘zbek tili – 804 660 nafar;
Rus tili – 109 232 nafar;
Qoraqalpoq tili – 31 462 nafar;
Boshqa tillar – 2 857 nafar.


Bu statistika yakuniy bo‘lib, unga test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan, ta'lim yo‘nalishlarini tanlamagan, tekshirishlar natijasiga ko‘ra hali maktabni tamomlamaganligi aniqlangan abituriyentlar kiritilmagan.

Davlat test markazi ro‘yxatga olingan abituriyentlar soniga oid OTMlar kesimidagi ma'lumotlarni ham taqdim etdi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi