Get Mystery Box with random crypto!

Qabul – 2021. Samarqand va Qashqadaryoda kollejga o'qishga kir | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Qabul – 2021. Samarqand va Qashqadaryoda kollejga o'qishga kiritish uchun $1000 olganlar ushlandi

Ishtixon tumanida fuqaro R.B. fuqaro A.ni Jismoniy tarbiya va sport universitetiga kiritish evaziga undan $2 700 talab qilgan.

Samarqand Temir yo‘l texnikumi talabalar yotoqxonasi tarbiyachisi O‘.B. fuqaro Sh.ni shu texnikumiga o‘qishga kiritish uchun $1 000 olayotgani aniqlangan.

Samarqand shahridagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi S.X. fuqaro D.ning qizini, shu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga $1 000 olayotganda ushlangan.

Qashqadaryoda fuqaro M.J. fuqaro N.ni $700 evaziga Qirg‘izistondagi OTMga kiritish uchun pul olayotganda qo'lga tushgan. — Prokuratura departamenti

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi