Get Mystery Box with random crypto!

SAVOL: Xorijiy OTMdan Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlariga “perev | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

SAVOL:
Xorijiy OTMdan Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlariga “perevod” qilishda qanday hujjatlar talab etiladi?

JAVOB:
Amaldagi tartibga koʻra oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
— koʻchirish (qayta tiklash)ni istagan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oʻqigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), taʼlim shakli, maqsadli qabul boʻyicha oʻqishga kirmaganligi, koʻchirish (qayta tiklash) sabablari, koʻchirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);
— talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari;
— pasport yoki ID-karta nusxasi.


DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi