Get Mystery Box with random crypto!

Yuridik universitet uchun oʻqishni koʻchirishda oʻtish bali be | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Yuridik universitet uchun oʻqishni koʻchirishda oʻtish bali belgilandi

Xorijiy OTMlar, shuningdek, Oʻzbekistondagi filiallar va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini Toshkent davlat yuridik universitetiga koʻchirish boʻyicha oʻtish bali test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi boʻyicha toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning 56 foizi (105,84 ball) etib belgilandi. Bu 3 bahoning eng past koʻrsatgichi degani.

Oʻtgan yili Toshkent davlat yuridik universiteti fakultetlarining kirish ballari oʻzbek guruhlariga 170 balldan hamda rus guruhlari 150 balldan yuqori boʻlgan.


DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi