Get Mystery Box with random crypto!

Imtihon yaqin, lekin... 22-iyul kuni OTMlarning bakalavriati | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Imtihon yaqin, lekin...

22-iyul kuni OTMlarning bakalavriatiga hujjat topshirishning oxirgi kuni edi. Qabul tugashidan 1 kun oldingi statistikaga ko‘ra, 924,7 ming abituriyent hujjat topshirgandi. Lekin jami qancha abituriyent OTMlarga hujjat topshirgani bo‘yicha oxirgi raqamlar hali ham e’lon qilinmadi.

Imtihon avgust oyida bo‘lishi xabar qilingan. Avgustga juda oz qoldi. Lekin abituriyentlar aniq qaysi sanada imtihon boshlanishini hali bilmaydi.

Maxsus komissiya imtihonlar ochiq havoda o‘tishi haqida qaror chiqargan. DTM direktori Majid Karimov bu yilgi imtihon 3,5 soat davom etishini, ochiq maydonlarda abituriyentlarga qiyinroq bo‘lishini aytgandi.

Kecha, 26-iyul kuni 789 kishida koronavirus, 521 kishida pnevmoniya aniqlandi. Koronavirus yoki pnevmoniyaga chalingani sabab imtihonlarda qatnasha olmaydigan abituriyentlar masalasiga ham aniqlik kiritilishi kutilmoqda.

Yuqoridagi masalalarning hammasi Qabul komissiyasi bayonnomasiga bog‘liq.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi