Get Mystery Box with random crypto!

SAVOL: Agar men Oʻzbekiston hududidagi nodavlat oliy taʼlim mu | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

SAVOL:
Agar men Oʻzbekiston hududidagi nodavlat oliy taʼlim muassasasi (masalan Kokand University)da yoki xorijiy oliy taʼlim muassasasining filiali (Turin Polytechnic University in Tashkent) ning bakalavr bosqichida tahsil olayotgan boʻlsam oʻqishimni davlat oliy taʼlim muassasasiga koʻchirsam boʻladimi? Bunday holatda koʻchirish qanday tartibda amalga oshiriladi?

JAVOB:
Siz oʻqishingizni Oʻzbekiston Respublikasidagi nodavlat oliy taʼlim muassasasi yoki respublikamizdagi xorijiy oliy taʼlim muassasasining filialidan davlat oliy taʼlim muassasasiga mos yoki turdosh yoʻnalish boʻyicha koʻchirish uchun roʻyxatdan oʻtsangiz ushbu taʼlim yoʻnalishiga kirish fanlaridan maxsus sinov (test) topshirasiz va maxsus sinov natijasiga koʻra oʻqishingizni koʻchirish masalasi koʻrib chiqiladi.
Agar Siz oʻqishingizni davlat oliy taʼlim muassasasining turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishiga koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtsangiz, ushbu taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoridagi bir martalik toʻlovni amalga oshirishingiz lozim boʻladi.


DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi