Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT! Vazirlikning CALL CENTER xizmati telefon raqami yang | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

DIQQAT!

Vazirlikning CALL CENTER xizmati telefon raqami yangilandi

2021/2022 o‘quv yili uchun OTMga qabul jarayoni davrida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tashkil etilgan CALL CENTER xizmati telefon raqami yangilandi.

Fuqarolar 71-230-64-64 telefon raqami orqali CALL CENTER xizmati bilan bog‘lanib, OTMda tashkil etiladigan ijodiy imtihonlar, respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida o‘qishni ko‘chirish, kasb-hunar maktablari va magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonlariga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Ushbu xizmat haftaning yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 9:00dan 17:00ga qadar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi