Get Mystery Box with random crypto!

Talaba bo‘lishingizga bir qadam qoldi! (Ajoyib she’r) Orqaga | Tushganlari 2023

Talaba bo‘lishingizga bir qadam qoldi! (Ajoyib she’r)

Orqaga chekinar mag‘lubiyatlar
Gʻalaba bo‘lishga bir qadam qoldi.
Ilohim ushalsin ezgu niyatlar
Talaba bo‘lishga bir qadam qoldi.

Kimlardir o‘qidi o‘yqudan kechib,
Kimlardir o‘qidi suv kabi ichib,
Imtihonga kirib, testlarni yechib
Talaba bo‘lishga bir qadam qoldi.

Abituriyent dili urmoqda nido,
Talaba bo‘lay deb bermoqda sado.
Mandatda madad ber, ilohim Hudo
Talaba bo‘lishga bir qadam qoldi.

Mandatni intiq kutayotgan barcha abituriyentlarga omad yor bo‘lsin! Ushbu xabarni barcha abituriyentlarga yuboring!

@Kirish_Ballari