Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | DTM | VIZITKA

#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 3-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 255 208 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 128 856 nafar (50 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 126 352 nafar (50 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 135 271 nafar. Shundan:

72 612 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
62 659 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 16 560 nafar.
Samarqand viloyati — 14 835 nafar.
Farg‘ona viloyati — 12 391 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 11 591 nafar.
Toshkent shahri — 11 568 nafar.
Andijon viloyati — 11 532 nafar.
Surxondaryo viloyati — 9 780 nafar.
Namangan viloyati — 7 751 nafar.
Jizzax viloyati — 6 568 nafar.
Buxoro viloyati — 6 543 nafar.
Sirdaryo viloyati — 5 611 nafar.
Navoiy viloyati — 5 561 nafar.
Xorazm viloyati — 5 431 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 133 nafar.

ESLATMA: 2020-2021-yil, 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli va DTM testlarni
@Mandatlar2022_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axborotlari_Uz | Batafsil
https://t.me/+zAOR2Bv02L1kYWRi