Get Mystery Box with random crypto!

Otm

Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uzb — Otm O
Telegram kanalining logotibi dtm_axboroti_uzb — Otm
Kanal manzili: @dtm_axboroti_uzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18
Kanalning ta’rifi

🌐 Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
👨‍💻 Admin: @DTM_Adminstrator

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-05-12 16:29:01 Tekin Pishloq Qopqonda boʻladi deyishadi.

Lekin koʻproq hamyurtlarimizga ilm ulashishni maqsad qilgan MrNiner tekin narsa savob uchun beriladi deydilar va:

Siz Google, Yandex shuningdek boshqa hech bir telegram kanalda topa olmaydigan quyidagi sovgʻalarni savob umidida barchaga ulashmoqchi.(Albatta MrNiner kanali aʼzolari bepul yuklab olishi mumkin)


1. IELTS practice uchun 30 kunlik roadmap

2. IELTS speaking uchun top-30 grammatik struktura

3. IELTS speaking va Writing uchun linking words ro'yxati


Hoziroq kanalga oʻtib yuqoridagi barcha qoʻllanmalarni yuklab oling evaziga kanalga aʼzo boʻlib duo qilib qoʻysangiz yetarli

Bugun ham ajoyib Masterclass boʻlib oʻtadi kech qolmang
4.1K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-05-12 14:30:58
— Hammani ko'nglidan joy olgan sahifa
– Necha minglab insonlar shu yerda

Trendagi statuslar, niksiz rasim va videolar
4.6K views11:30
Ochish/sharhlash
2022-05-11 20:15:40 Biometrik pasportga ega abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas

Aprel oyida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari lozimligi haqida e’lon berilgan edi.

Shundan so‘ng mazkur xabar ko‘plab ommaviy axborot vositalari va telegram kanallarda ham e’lon qilindi.

Lekin ayrim telegram kanallarda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarda ID-karta bo‘lishi shart, degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.

Buning natijasida Davlat test markaziga abituriyentlar tomonidan pasportimiz bo‘lsa ham ID-karta olishimiz shartmi, degan mazmunda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

joriy yilda ham oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;

ro‘yxatga olishda abituriyentlarning rasmi va pasport ma’lumotlari Davlat personallashtirish markazidan onlayn rejimda olinadi;

buning uchun abituriyentda biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi lozim;

bunda biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas;

abituriyentlar biometrik pasport bilan ham my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_Uzb | Batafsil
https://t.me/+dzJrNVuzKmZhNzUy
7.9K viewsedited  17:15
Ochish/sharhlash
2022-05-10 17:01:19
ABITURIYENT HAM ODAMMI?!

Davlat test markazining qabulga 3 oy qolganda dabdurustdan e'lon qilgan yangi o'zgarishi ba'zi abituriyentlar uchun adolatsizlik bo'ldi.

Abituriyentlar o'z haqqini talab qilishi kerak. Sentyabrdan beri tayyorlanish uchun ketgan vaqti va pullari havoga uchmaydiku? Bu kabi yangiliklar o'quv yili boshida e'lon qilinishi kerak edi. Yoki bu tartib kelgusi o'quv yilidan amalga joriy etilishi shart. Bu yildan emas!

Abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_Uzb | Batafsil
https://t.me/+dzJrNVuzKmZhNzUy
9.1K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2022-05-09 15:03:57
Yuridik texnikum bitiruvchilarini OTMga qabul qilish tartibi

Qarorga ko‘ra, bitiruvchilar yo‘llanma uchun komissiyaga 20-iyungacha onlayn ariza topshiradi.

Nomzod uchun talablar:

har bir fan bo‘yicha reytingi 71 va undan yuqori (sirtqi yoki masofaviy taʼlimdagilar uchun 85 va undan yuqori);
chet tilidan B2 va undan yuqori sertifikat;
maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlarida faolligi, shaxsiy yutuqlar;
ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etish.


Yo‘llanma olganlar hujjatini 5–25-iyulda OTMga yuboradi. Suhbat 10–25-avgustda o‘tkaziladi.

Abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_Uzb | Batafsil
https://t.me/+dzJrNVuzKmZhNzUy
8.4K viewsedited  12:03
Ochish/sharhlash
2022-05-09 13:29:02
Nodavlat oliy ta'lim muassalari diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi

Turin, Inha, Yodju, Webster va MDIS kabi STARS Internetional University, ISFT Instituti hamda PROFY university kabi nodavlat ta'lim muassasi bo'lib, diplomlari O'zbekistonda tan olinadimi?

Abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_Uzb | Batafsil
https://t.me/+dzJrNVuzKmZhNzUy
12.2K viewsedited  10:29
Ochish/sharhlash
2022-05-08 18:53:23 ​​Bilim olishdan charchamaydigan yoshlar uchun maxsus

Internetni o‘chiring va eshitish qulay boʻlgan joyga oʻting. Ko‘zingizni yuming va shunchaki yaxshilab eshiting.

Abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_Uzb | Batafsil
https://t.me/+dzJrNVuzKmZhNzUy
8.1K views15:53
Ochish/sharhlash
2022-05-08 15:28:02
Mas’ullar abituriyentlarga yana “syurpriz” qildi. Bu qachongacha davom etadi?

Qabul boshlanishiga 1,5 oy, imtihonlarga 3 oy qolganda test olinadigan fanlari o‘zgarib ketgan abituriyentlar hozir qanday yo‘l tutishni bilmayapti: ular yo boshqa yo‘nalishni tanlashga yoki imtihonda tavakkal qilishga majbur bo‘lmoqda. O‘zgarishlarning bunday kech e’lon qilinishi yillardan buyon muntazam ro‘y berib kelmoqda.

https://kun.uz/uz/41584960

Barcha abituriyentlarga ulashing!


@DTM_Axboroti_Uzb | Batafsil
https://t.me/+dzJrNVuzKmZhNzUy
8.8K views12:28
Ochish/sharhlash
2022-05-08 13:30:15O‘zbekistonda tibbiyot OTMlari talabalari uchun vazir stipendiyasi ta’sis etildi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekistonda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” ta’sis etildi. Bu haqda SSV xabar qildi.

Qayd etilishicha, stipendiya bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan yoshlarga beriladi. U har bir tibbiyot oliy ta’lim muassasasining 5 nafargacha nomzodiga bir yil mobaynida ajratiladi.

Ushbu stipendiyaga nomzodlarni saralash haqidagi e’lon tanlov o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin matbuotda e’lon qilinadi. Nomzodlar tomonidan arizalar mavjud 11 ta tibbiyot oliy o‘quv yurtining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etiladi.

Hujjatlar navbatdagi bosqichda vazirlikning Fan va ta’lim boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilgach, vazir buyrug‘i asosida beriladi. Stipendiya miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi miqdoriga tenglashtirilgan.

Abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_Uzb | Batafsil
https://t.me/+dzJrNVuzKmZhNzUy
8.8K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-05-07 18:19:14 ​​97 ball bilan tibbiyot, farmasevtika yo'nalishlariga kirish mumkinmi ?

Albatta mumkin! Obunachilarimizning ba'zilari bunaqa zo'r ma'lumotlarni tarqatib yubormang, hamma endi o'sha yo'nalishlarga topshiradi bu yil deyishmoqda. Ammo biz, hamma buni birdek bilishga haqli deb hisoblaymiz.

Ro'yxatdan bilan tanishing:

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi

O'tish balli: Kontrakt - 79.8 ball
Yo'nalish: Menejment: sog'liqni saqlash menejmenti
(Kunduzgi ta'lim shakli, o'zbek tili)

2. Toshkent tibbiyot akademiyasi

O'tish balli: Kontrakt - 91.35 ball
(kunduzgi ta'lim shakli, rus tili)
Yo'nalish: Tibbiy profilaktika ishi

3. Toshkent tibbiyot akademiyasi

O'tish balli: Kontrakt - 96.6 ball
Yo'nalish: Tibbiy-biologik ish
(kunduzgi ta'lim shakli, rus tili)

4. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

O'tish balli: Kontrakt - 93.45 ball
Yo'nalish: Tibbiy-biologik ish
(kunduzgi ta'lim shakli, rus tili)

5. Toshkent farmatsevtika instituti

O'tish balli: Kontrakt - 90.3 ball
Yo'nalish: Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
(kunduzgi ta'lim shakli, rus tili)

Bunaqa zo'r xabarlarni faqatgina abituriyentlarga tarqatish mumkin!

Abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_Uzb | Batafsil
https://t.me/+dzJrNVuzKmZhNzUy
10.9K views15:19
Ochish/sharhlash