Get Mystery Box with random crypto!

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari nima uchun | Otm

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari nima uchun o‘tkazilmayapti? DTM ushbu masala bo'yicha javob berdi.

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

Mazkur qarorda test sinovlarini tashkil etish Davlat test markazi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tashkilot tomonidan amalga oshirilishi qayd etilgan.

Shuningdek, qarorda milliy sertifikat imtihonlari uchun test topshiriqlari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilishi belgilangan.

Hozirga qadar Davlat test markaziga milliy sertifikat uchun umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari taqdim etilmaganligi sababli imtihonlar tashkil etilmayapti.

@DTM_Axboroti_Uzb | Batafsil
https://t.me/+dzJrNVuzKmZhNzUy