Get Mystery Box with random crypto!

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2022-yil 29-30- | DTM

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 29-30-sentabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida (10-12-oktabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!


@DTM_AXBOROTI_UZ