Prezident qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTM roʻyxati (35 ta) tasdiqlangan. Mazkur davlat OTMlari quyidagilar boʻyicha
mustaqil qaror qabul qilishi mumkin: kontrakt qiymatini, toʻlash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
oʻz hisobidan talabalar uchun
stipendiya va grantlar ajratish; xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish;
boʻsh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash;
avtotransport vositalarining yoʻl bosish yillik limiti va ularga xizmat koʻrsatish talablarini belgilash.
@DTM_AXBOROTI_UZ