Get Mystery Box with random crypto!

​​ XUSUSIY OLIYGOHDAN LITSENZIYA OLIB QO‘YILSA TALABALAR TAQDI | DTM

​​ XUSUSIY OLIYGOHDAN LITSENZIYA OLIB QO‘YILSA TALABALAR TAQDIRI NIMA BO‘LADI

"Vazirlar Mahkamasining davlat ta‘lim muassasalari hamda nodavlat ta‘lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi 07.06.2019 yildagi 470-sonli qarorining 47-bandiga ko‘ra," akkreditatsiyasidan o‘tolmagan (tugatilgan) nodavlat ta‘lim tashkilotlari to‘g‘risida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:

Jumladan:


nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishni to‘xtatish;
ta’lim oluvchilari bitirib chiqqanidan keyin nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishini tugatish;

Xulosa; akkreditatsiya tugatilgandan so‘ng qabul jarayonlari to‘xtatiladi va o‘qiyotgan talabalar bitirib chiqqanidan keyingina litsenziya bekor qilinadi. Bitirgan talabalar diplomi Respublika hududida o‘tadi.

Akkreditatsiya tugatilib, talabalarni qabul qilish cheklanganini qayerdan bilamiz?

Bu bo‘yicha maxsus davlat komissiyasi qaror qabul qiladi va ijrosini ta‘minlash vakolatli organlarga topshiradi. Bundan tashqari, Ta‘lim inspeksiya ham, biz ham eng tez fursatda talabgorlarni ogohlantirishga harakat qilamiz.

Yuqoridagilarda kelib chiqib, litsenziyaga ega, akkreditatsiyasi tugatilmagan (to‘xtatilmagan) xususiy oliygohlarga o‘qishga kirish (ko‘chirish) mumkin.

Hozirda inspeksiya ro'yxatidagi litsenziyaga ega oliygohlarda akkreditatsiya bo‘yicha muammo yo‘qligi aytilmoqda.

P/S. Bu reklama emas, xolis tavsiya

Post olinganda manba ko'rsatilishi shart!

Ta’lim tizimiga oid yangiliklar:


Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!


@DTM_AXBOROTI_UZ