Get Mystery Box with random crypto!

​Rasman: Qabul kvotalari tasdiqlandi 2022/2023 o‘quv yili uch | DTM

Rasman: Qabul kvotalari tasdiqlandi

2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;

sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;

kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;

masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.

Abituriyentlarga yetkazing!

Abituriyentlar kanali
@DTM_Axboroti_uz