Get Mystery Box with random crypto!

Maktabni tugatib ko‘p yillik stajga ega boʻlganlar ham 322-son | DTM

Maktabni tugatib ko‘p yillik stajga ega boʻlganlar ham 322-sonli qarorda nazarda tutilgan xotin-qizlar uchun imtiyozdan foydalansa bo‘ladimi?

5 yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha 322-sonli qarorga koʻra ushbu imtiyoz faqat kollej va texnikumni tugatgan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin qizlarga taalluqli.

Maktabni tugatib 10 15 yillik stajga ega boʻlsangiz ham yuqoridagi imtiyoz sizga tatbiq etilmaydi.

5 yillik staj mutahasisligidan qatiy nazar ish stajiga ega hammaga oʻtadimi?

Yoʻq, buni ham tartibi bor. Asosiy sharti olgan diplomingiz boʻyicha kamida 5 yil ishlagan boʻlishingiz kerak.

Pedagog mutaxassisligiga ega boʻlib turib, hamshira boʻlib ishlayotgan boʻlsangiz sizga imtiyoz tatbiq etilmaydi garchi stajingiz 20 yil boʻlsa ham.

Xulosa shundayki olgan diplomingizdagi mutaxasislik boʻyicha kamida 5 yillik staj boʻlishi kerak.

Do’stlaringizga ulashing
@DTM_Axboroti_uz