Get Mystery Box with random crypto!

​​ Rasman: Magistraturaga kirish uchun chet tili sertifikati b | DTM

​​ Rasman: Magistraturaga kirish uchun chet tili sertifikati boʻlishi kerak

Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan, yaʼni joriy yildan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi.

Qanay darajada talab etiladi?

Bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.

Ushbu talab keyingi yilga qoldirilishi mumkinmi?

Nomaʼlum, balki qoldirilar. Lekin Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi masʼullaridan aniqlashtirilishicha, keyinga qoldirish boʻyicha hech qanday reja yoʻqligi, bu masala koʻrib chiqilmayotgani, yaʼni chet tili sertifikati talabi magistratura va doktorantura uchun joriy yilgi imtihonlardan kuchga kirishini maʼlum qilishdi.

Kanalimiz linki

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTM_Axboroti_uz | Batafsil
https://t.me/+R7eLd8T_g3P-lctt