Get Mystery Box with random crypto!

DTM Abituriyent uz

Telegram kanalining logotibi dtm_abituriyent_uz — DTM Abituriyent uz D
Telegram kanalining logotibi dtm_abituriyent_uz — DTM Abituriyent uz
Kanal manzili: @dtm_abituriyent_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 187
Kanalning ta’rifi

🌐 Abituriyentlar uchun eng so'nggi ta'lim yangiliklari berib boriladi
✓ Admin: @DTM_Adminstrator

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-05-18 07:11:14 Yaxshi yangilik

Abituriyentlar endilikda barcha ta'lim shakllariga hujjat topshirishlari mumkin

Joriy yildan test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Xulosa: Bu degani 5 ta ta'lim yo'nalishini ham kunduzgi, ham sirtqi va kechki ta'lim shakllari uchun ham hujjat topshirish mumkin bo'ladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing
@DTM_Abituriyent_Uz
3.7K views04:11
Ochish/sharhlash
2022-05-17 19:37:07 TEZKOR: 2022-2023-o‘quv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi

Prezidentning «2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

• kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;
• sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
• kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
• masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar.

Kvotalar bilan OTMlar kesimida tanishish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/d/61078

Barcha abituriyentlarga ulashing
@DTM_Abituriyent_Uz
1.5K viewsedited  16:37
Ochish/sharhlash
2022-05-17 18:01:13
#TEZKOR_XABAR...

DTM vakillari abituriyentlar uchun bu yilgi test sinovlarida qanday testlar bo'lishini e'lon qildi?

@DTM_kirish_ballari_uz
1.9K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-05-17 08:01:46 Savol: 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida umumiy qancha vaqt ajratiladi?

Javob: Davlat komissiyasining 13-son bayoniga muvofiq joriy yilgi test sinovlarida abituriyentlarga 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fandan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt beriladi.

Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing
@DTM_Abituriyent_Uz
4.4K viewsedited  05:01
Ochish/sharhlash
2022-05-16 21:16:38 SERTIFIKATLI TESTLAR BOSHLANDI

Abituriyentlar uchun DTM prognoz testlarini yuklab oling


Matematika
Fizika
Biologiya
Kimyo
Ingliz tili
Rus tili
Ona tili
Adabiyot
Tarix

Majburiy fanlar testi

Matematika 10 ta (1,1ball)
Ona tili 10 ta (1,1ball)
Tarix 10 ta (1,1ball)

Barcha fanlarda testlar bazasi
Hoziroq testlarni yuklab oling

Bot linki: @DTM_testi_robot
179 views18:16
Ochish/sharhlash
2022-05-16 19:31:00
Yuqoridagi holatda qaysi trayektoriya orqali burilishingiz mumkin?
1.7K views16:31
Ochish/sharhlash
2022-05-16 14:22:23
Ta'lim inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan O'zbekistondagi xususiy oliy ta'lim muassasalari ro'yxati

Ushbu ro'yxatdagi oliygohlar diplomi O'zbekistonda tan olinadi. Ro'yxat keyinchalik yangilanishi (yangi oliygohlar qo'shilishi) mumkin.

PS: Yuqoridagi OTMlarning diplomi davlat oliygohlarining diplomi bilan teng yuridik kuchga ega!


Barcha abituriyentlarga ulashing
@DTM_Abituriyent_Uz
2.6K viewsedited  11:22
Ochish/sharhlash
2022-05-16 06:09:33 7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing !!!

Imtihonlarga oz muddat qolmoqda. Imtihon asosan turli xil ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

“Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, abituriyentlarga va yaqinlarizga ham ulashing.

Barcha abituriyentlarga ulashing
@DTM_Abituriyent_Uz
22 viewsedited  03:09
Ochish/sharhlash
2022-05-15 18:02:05
Qanday kitob qidiryapsiz?

Endi do'konma-do'kon kitob qidirib yurmaysiz «VkBooks» boti orqali 500 mingdan ortiq kitoblardan yuklab oling!

Istalgan kitobni bepul va tezkor yuklab olishingiz mumkin!

LiNK: @kitob_topaman_robot
314 views15:02
Ochish/sharhlash
2022-05-15 07:41:00
Talaba stipendiyasini olgan kuni

Barcha abituriyentlarga ulashing
@DTM_Abituriyent_Uz
988 viewsedited  04:41
Ochish/sharhlash