Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston davlat san’at va mada | OʻzDSMI | RASMIY

Joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Teatr san'ati fakulteti "Qo'g'irchoq teatri san'ati" kafedrasida kafedra mudiri L.Usmanova boshchiligida professor-o'qituvchilar hamda yangidan ishga kirmoqchi bo'lgan yosh o'qituvchilar ishtirokida yangi o’quv mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari borasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig'ilishda kafedra mudiri tomonidan institut rektori professor Ibrohim Yuldashev tomonidan yangi o'quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo'yicha belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi sarhisob qilindi. Ayniqsa yosh va shijoatli kadrlarni jalb etish borasidagi masalaga alohida to'xtalib o'tildi. Shuningdek yig'ilish davomida boshqa muhim tashkiliy vazifalar ham ko'rib chiqildi.

https://t.me/dsmi_uz