Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar 2022-yil 1-iyuldan… 2025-yil | Samarqand DSB [CHANNEL] 🏢

#qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yil 1-iyuldan…

2025-yil 1-yanvarga qadar kasanachilarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 %ga, biroq 1 oyda ko‘pi bilan 1 mln so‘mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
kasanachilar ijtimoiy soliq to‘lovini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
PQ-214-son 21.04.2022-yil

01.07.2025-yilga qadar OAV foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi. (Reklama xususiyatiga ega OAV bundan mustasno)

01.02.2025-yilga qadar “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida mehmon uylari, ovqatlanish, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uchun quyidagi imtiyozlar qo'llaniladi:

AOS va ijtimoiy soliq stavkasini 1% miqdorida;
ushbu hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i — mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 %i miqdorida belgilanadi.
PQ-232-son 30.04.2022-yil

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi barcha soliq to‘lovchilar foyda soligʻi satvkasini 7,5% va AOS stavkasini 2% miqdorida qoʻllash huquqiga ega (ilgari faqat elektron tijorat subyektlarining milliy reyestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar uchun bo‘lgan).
O‘RQ-767-son 0505.2022-yil

Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqorida yig‘im to‘lanadi.
PQ-90-son 17.01.2022-yil.

Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun soliq va bojxona imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi.
Ro‘yxat PF-101 3-ilovasi 08.04.2022-yil.

Foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan oshirilgan soliq stavkalari qo‘llanilmaydi.

Majburiy QQS to‘lovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga QQS guvohnomasi avtomatik ravishda beriladi;

2023-yil 1-martga qadar tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi;

2023-yil 1-martga qadar operatsiyalarni “E-aktiv” AAT aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram