Get Mystery Box with random crypto!

#marketpleys Billing, avtomatlashtirilgan savdo tizimlariga e | Samarqand DSB [CHANNEL] 🏢

#marketpleys

Billing, avtomatlashtirilgan savdo tizimlariga ega bo‘lgan yoki ushbu tizimlar orqali tovar va xizmatlarini realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari DIQQATIGA

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgarishlarga (VM-225-son qarori 12.05.2022-y.,) muvofiq, o‘z tovar va xizmatlarini elektron tijorat platformalari (Marketpleys) orqali realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar uchun savdo operatsiyasini elektron shaklda Davlat soliq qo‘mitasiga yuborgan holda, fiskal belgili chekni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimda shakllantirish imkoni yaratildi.

Mazkur qarorga asosan, Davlat reestriga kiritilmagan Marketpleysdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Marketpleyslarni davlat reyestriga kiritish uchun Ariza bilan Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilinadi.

Arizaga (havola) kuyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
Marketpleys dasturiy mahsulotining texnik va funksional tavsiflariga muvofiqligi yuzasidan fiskal maʼlumotlar operatorining xulosasi;
Shakllantirilgan elektron kassa cheklari namunalari;
Marketpleys tizimining etalon elektron namunasi (APK va URL website);
Marketpleysning texnik va funksional tavsiflari batafsil ko‘rsatilgan texnik pasport (yoki unga tenglashtirilgan hujjat) hamda kafolat majburiyatlari.
Shuningdek arizada marketpleysning call-markazi telefon raqami ko‘rsatiladi.

Soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarning yoki tartiblarning buzilishi holatlari, huquqbuzarga nisbatan:
Soliq kodeksing 227-1-moddasiga asosan moliyaviy sanksiya;
MJtKning 175-moddasi 6-qismiga asosan maʼmuriy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Mazkur jarimalar O‘RQ-758-son Qonuniga muvofiq, 2022-yil 12-iyundan boshlab kuchga kiradi.

Axborot tizimlarini to‘g‘ri integratsiya qilish borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar beriladi va amaliy yordamlar ko‘rsatiladi.

+998 71 202-32-32 (ichki: 538, 541, 551)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram