Get Mystery Box with random crypto!

Windows 10'da oyna elementlarini boshqarish uchun foydali klav | DR | TexnoBlog

Windows 10'da oyna elementlarini boshqarish uchun foydali klavishlar birikmalari

• CTRL + sichq.g‘ildiragi — fayl va papkalar belgilarining o‘lchami va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish;

• F5 — oynani yangilash;

• WIN + P — monitor (ekran)larni boshqarish;

• WIN + D — barcha oynalarni vazifalar paneliga tushirish (ishchi stolini ko‘rsatish);

• WIN + , — barcha oynalarni shaffof ko‘rinishga keltirish (vaqtinchalik, klavisha qo‘yib yuborilgunga qadar);

• WIN + HOME — faol holda turga oynadan tashqari qolgan oynalarni vazifalar paneliga tushirish / joyiga qaytarish;

• WIN + ← (WIN + →) — faol holda turgan oynani gorizontal bo‘ylab yarim ekranni egallaydigan qilib o‘ngga / chapga siljitish;

• WIN + ↓ (WIN + ↑) — faol holda turgan oynani vertikal bo‘ylab ekranning to‘rtdan bir qismini egallaydigan qilib siljitish, vazifalar paneliga tushirish / joyiga qaytarish;

• WIN + M (WIN + SHIFT + M) — muloqot oynalaridan tashqari qolgan barcha oynalarni vazifalar paneliga tushirish / joyiga qaytarish;

• WIN + ALT + D — ishchi stolida sana va vaqtni ko‘rsatish / berkitish;

• WIN + SHIFT + ← (WIN + SHIFT + →) — oyna yoki ilovani qo‘shni monitorga o‘tkazish

@drtexnoblog - Kompyuterga oid barchasi haqida gaplashamiz