Get Mystery Box with random crypto!

Online yoki offline ? Hozirgi kunda online ta'lim o'ylaganimi | Shark Science

Online yoki offline ?

Hozirgi kunda online ta'lim o'ylaganimizdan ko'ra ancha ommalashdi. Lekin uning effektivligi haqida juda ko'pchilik
(ayniqsa ota-onalar) xavotirda. Lekin bu shunchaki ''offline ta'limdagina yetarli bilim egasi bo'lish mumkin'' degan stereotip ustiga qurilgan tushunchadir.

Hozir sizga nega umumiy holatda masofaviy ta'lim yutib chiqishi mumkinligiga 4 ta asosiy sababni keltiraman. Xo'sh nega unday?

1) Miyangiz ''dars qilishni xohlayman'' degan paytdagina dars qilasiz, ya'ni majburiy emas.

2) O'zingizga qulay joyni tanlab dars qilasiz. Xonaning muhiti, hidi, devorlarning rangi yoki yoningizdagi qaysidur talaba do'stingiz sizni fikringiz bo'linishiga sabab bo'lolmaydi. Fokus yo'qolgan paytda esa..., keyingi bandni o'qing.

3) Qayta-qayta takrorlab, istalgan paytda tanaffus olib o'rganishning imkoni mavjud. Yarim tunda uyqu qochganda nima qilishni bilmay yurmaysiz. Sog'ligingiz tufayli ma'ruzalardan qolib ketish endi sizni tashvishga solmaydi.

4) Kayfiyatingiz yomon bo'lishiga qaramay oldindan belgilangan vaqtda, oldindan belgilangan joyga kelib, ulgurmasangiz shoshilib, stressga tushib, orqa o'rinlarga o'tirib, issiqda terlab, majburiy formalarda o'zingizni noqulay his qilib va boshqa diskomfortlar ostida ilm olmaysiz.

Postda chuqur o'ylashga majbur qiladigan satrlar yozilmadi, amaliyot kurslari ham nazarda tutilmadi, shunchaki bir qancha haqiqatlar eslatib o'tildi. Xulosa o'zingizdan, sizga to'g'ri kelmagan fikrlarga tolerant bo'ling.

Bizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube