Get Mystery Box with random crypto!

Dr.Jo'raxanova Azia || Shaxsiy blog

Telegram kanalining logotibi drjuraxanova_aziza — Dr.Jo'raxanova Azia || Shaxsiy blog D
Telegram kanalining logotibi drjuraxanova_aziza — Dr.Jo'raxanova Azia || Shaxsiy blog
Kanal manzili: @drjuraxanova_aziza
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

SHaxsiy blogi.🦋
Maqsadingizdan aslo voz kechmang.
Muvofaqqiyat voz kechmaganlar va sabr qilganlar uchundir.🕊🕊🕊

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-15 17:33:47 Sizlarga gapim bor

Diqqat, seni ogohlantiraman. Bu postni oxirgacha oʻqib yuborma.

Hoy YouTube, Oʻzbekistondagi yosh avlod foydalanuvchilaring uchun multfilmlarni, manfaatsiz koʻrsatuvlarni bloklab qoʻygin. Umuman koʻrishmasa ham mayli.

Jiyanlarim seni deb kitob oʻqishmay, onasidan ertak eshitishmay qoʻydi. Doʻstim esa, 2 tiyingga qimmat "Trillion" degan koʻrsatuvlarni koʻrib tantiq, bema'ni boʻlib ketyapti.

Hoy Instagram, Oʻzbekistonning 14-29 yoshi atrofidagilar uchun, manfaatsiz kontentlaringni butunlay cheklab tashla. Hadeb oʻzingni oʻylayvermasdan. Sal bizni ham oʻyla.

Oʻzi umuman shunday kontentlarni oʻchirib tashlasang ham mayliga, boshligʻining indamasa kerak.

Ummat asl maqsadidan chalgʻib, u yerda soatlab lenta koʻrib, vayn ko'rib, bir yurtda yashab bir-birlarini komment degan joyda soʻkib yotibdi. Subyektivdagi Jamshid aka aytgandek "mantiq left..." boʻlib boryapti.

Hoy zangori ekran, sen ora-orada kitoblarni, ilm ahillarini, oʻquv kurslarni ham reklama qilib turgin. Bilaman seni 7 yoshdan 70 yoshgacha kuzatadi. Senda bor auditoriya manaman deganida yoʻq.

Ularga futbol, serial, musiqa, har xil 2 tiyinga qimmat dorilardan koʻra ilm majlislari, zakovat, til oʻrgatuvchi kurslar, kitob eshittirishlarini koʻrsatib tur bir kunda bir boʻlsa ham. Faqat bugunni oʻylashni bas qil "toʻrtburchak kalla".

Xoh ishon, xoh ishonma ummat har xil fantastik kinolardan koʻra, shayximiz darslariga muhtoj. Bizlarni "temir odam, pemir odam"laring bilan chalgʻitma. Oʻzbekiston yoshlarini bilasang kerak, IQ si baland.

Hoy televizor kanallari choyxonada yonboshlab gaplashib yotganlaringda haligi dorilarni reklom pullaridan ortib, bizni masalalarni ham oʻrtaga tashlalaring.

Hammang kelishib chet tili, zamonaviy kasbini oʻrgatuvchi va vikipediyada maqola yaratishni oʻrgatadigan koʻrsatuvlar berib borgin biz yoshlarga. Endi shuniyam aytish kerakmi?

Hoy Telegram, rahmat senga, koʻp ishlarimga sababchi boʻlding. Sen sabab postlarimdan 0.5 millionga yaqin inson foydalandi. Tasavvur qilyapsanmi bu sonlarni? Buncha odam Vatikan davlatida ham yoʻq.

Lekin bir iltimosim bor senga, haligi bazangdagi har xil totalizator kabi manfaatsiz kanallaringni bloklab tashla. Qoʻshimchasiga tarmoqli marketing ustiga qurilgan baʼzi bir atir, krem yana balo-battar sotadigan kanal, grupalarini ham oʻchirib tashlayver.

Shu kabi kanal/guruhlar sabab, birodarlarimiz qarzga botib, oʻzini oʻldirishgacha boryapti. Axir koʻzimni oldida boʻlayotgan voqealarga qanday koʻz yumay Durov?

*Post tugadi, lekin ular bilan hali ishim tugamadi.

P.S: Hoy bu postni oxirigacha oʻqigan qadrdon, agar yoʻlda yana bularni uchratib qolsam, seni nomingdan nima deb qoʻyay, ayt nimani bloklashsin endi?
40 views Alisa , 14:33
Ochish/sharhlash
2022-11-15 17:31:28 Talaba ukamga xat

Assalomu alaykum uka. Yaxshimisan? Oʻqishlaringni boshlab oldingmi? Anchadan beri senga bu gaplarni aytmoqchi boʻlib kelayotgan edim. Bugun vaqti kelibdi.

Uka hozir yozayotgan maslahatlarimga amal qil. Bu yerda men qilgan xatolar bor. Sendan iltimos bu ishlarni qilma. Eshityapsanmi, umuman qilma!

1. Institutga kirgan faqat sen emassan. Oʻzingdan zvezda yasab olma. Kibr qilib yurishni yigʻishtir. Judayam seryozni boʻlma, bu haraktering bilan hech narsa oʻrgana olmaysan.

2. Starsta boʻlma umuman. Biz seni oʻqigani va oʻz ustingda ishlagani joʻnatdik. Ustozlarga yoqishga urinma. Harakat qil, natijalaring bilan ular seni yoqtirishiga. Seni yomon koʻrsa ham, savol beraver. Uyalma soʻrashdan.

3. Hamma fandan 5 ga oʻqiyman deb "Miyyam"ni qisma bola. Bu gapni sendan kattalar aytgan. Sen doktor boʻlmoqchimasan, jismoniydan futbol toʻpini ogʻirligi senga 2 tiyinlik foydasi yoʻq. 3 olsang bitta osh mendan.

4. Semirib, qorin solib yotma kvartirang/yotoqxonangda. Uka, kuniga osh yesang ham kuning oʻtadi, mastava ichsang ham kuning oʻtadi. Hech kimga indamaginu, tovuq goʻshti ham goʻsht talaba uchun. Unda ham oqsil bor.

5. Yotoqxonada kech qurun katta kursdagi bolalar 1-kurslarni toʻplab qolishi mumkin. Chaqirishsa chiq, xonani ichkaridan qulflab oʻtirmasdan. Sekin yurib kir, gavdangni koʻtar, koʻziga qarab gapir gapirsa. Bandasidan qoʻrqma uka.

6. Har hafta dadang, ayangdan pul soʻrashda davom etsang, bilmadim ertaga farzandingni pampersiga ham pul soʻrashdan uyalmay qo'yasan. Faqat oʻqib, kitobni peshanasiga qoʻyib yuradiganlardan boʻlib qolma bola.

7. Kecha glavningdagi rasmlarni koʻrayotgan edim, koʻp rasmlaring eʼtiborimni tortdi. Uka boʻldida endi, 20 ga yaqinlashib qolding "Akang uji talaba", "Oq halatlilar", "Kachoklar" va "Oʻzingga taʼsir qilmaydigan afarizmlar"ni qoʻyishni yeg'ishtir.Gapni ochigʻi, ularga glavninga qo'ygan rasmlaring qiziqmas.

8. Uka turgan joyinga yaqin hududdan ingliz tili repititor top. Iloji boʻlsa "Du,Chor,Ju" kunlari boʻlsin. Sababi, shanba kuni uyinga ketgin kelib qolib, darsga kirmay qolishing mumkin.

Singlimga atab ham xat yozaymi?
31 views Alisa , edited  14:31
Ochish/sharhlash
2022-11-15 17:29:21 Boylarni kuzatdim

1. Ular tashqi ko’rinishiga yaxshigina e’tibor berar ekan. Bir xil kiyimni ko’p kiyishlari mumkin, lekin asosan toza va skromni stilda kiyinisharkan. Cho'ntagida yirik pul ko'p yurar ekan. Asosan $, 50 ming so'mlik va 100 soʻmliklar ekan.

2. Ular bildirmasdan juda ko’p ehson qilar ekan. Masjidlarni tahoratxonalarini, kafellarini yoki g’ishtlar bilan taminlab turar ekan. Qurbon hayitlarida doim mol, qo'y ehsonlik qilishni kanda qilishmas ekan.

3.  Ularni ko'pi vatanini o'zida maqsadiga erishgan ekan. Ishga ketishidan oldin, ota-ona duosini olish bu nafas olishdek jarayon ekan. Qizig'i ularning ko'pchiligi, chetda o'qishmagan ekan. Lekin deyarli hamma davlatga borib kelgan ekan. (Sashaa, Germon atmen )

4.  Ularni birortasi jismoniy mehnat bilan bandligini ko’rmadim, barchasi hayotda “boshqaruvhi” tizimiga o’tib bo’lgan ekan. Telefoniga juda kam javob berar ekan. Ko'pchilikni ignor qilar ekan. Opss, ular iPhone ishlatishar ekan.

5.  Ular perfektsianist emas ekan, ya’ni ish boshlashdan oldin 40 ta reja tuzib o’tirmas ekan. Ular shunchaki boshlab qolganini ish davomida qilar ekan. Qo'llarida doim soatni ko'rdim.   

6.  Ular yoshligida faqat o’qib, qo’pol qilib aytsam “botanik” bo’lmagan ekan. Erta mustaqil hayotga o’tib, qiyichiliklarni o’ziga radnoy qilib olgan ekan. Tanishlari ichida o'zidan katta insonlar ko'p ekan.

7.  Pulni ota-onasiga, ayoliga va farzandlariga  sarflashdan ayamas ekan. Avval ularni hursand qilar ekan. Farzandlarini umumta'lim maktabida o'qitishmaydi ekan, yoshligidan xususiy sektor(bog'cha,maktab)larga berar ekan.

8.  Xullas, ularni maqsadi katta pul topish emas ekan. Ularni maqsadi, insonlarni og’irini yengil qilish va ularga manfaat yetkazish ekan. MashaAlloh, bu maqsadlari dinimiz Islomni sunnat amallari ekan aslida.

Fikrlarim 100% to'g'ri deya olmayman, men ham insonman, men ham xato qilaman. Ha, tangani uchinchi tomoni ham bor.

P.S: Siz boy insonlarni qanday tasvirlab bergan bo'lar edingiz. Boy bo'lish yaxshimi, qadrdon?

Meni axtarib yurgan boʻlsang, shu yerdaman @https://t.me/DrJuraxanova_Aziza
25 views Alisa , 14:29
Ochish/sharhlash
2022-11-15 17:28:54 Sani toʻxtatishmoqchi

1. Sen hali yoshsan, sen tengilar davrini suryapdi. Hali 20 ga kirmay bu ishlarni qilsang katta boʻlganingda nima qilasan.

Bularni gapi 2 tiyin. Seni rivojlanayotganingni koʻrib, maqtab turib otishadi. Yaxshi doʻst-seni maqtamaydi. Bdsh.

2. Men shu biznes ichidaman, bu ishlarda judayam katta yuqotish boʻladi. Yaxshisi sen bu biznesga kirma, bilasanmi sen bu puling bilan restoran biznesini yoʻlga qoʻy.

Hammadan maslahat olma, qoʻrqadigan insonlar konkurent orttirishni yomon koʻrib, oʻzini biznesini esa senga yomonlaydi.

3. Qiz bola kitob oʻqib nima qiladi? Ovqat qilishni bilsin, tamom. Enam aytardi, erkak kishini koʻnglini oshqozoniga qarab olasan deb.

Shunday deb, ummat onalarini ilmsiz qilishida davom etinglar. Dunduk kallalilar dunduk bolalarni yetishtirishadi. Ilm olishni oʻrniga, tandirdan non uzishni oʻrgatinglar.

4. Til oʻrganib nima qilasan? Puling boʻlsa tarjimon bilan ishni bitirsa ham boʻladi. Undan koʻra, oʻsha pulga yaxshiroq kiyinib ol.

Til bu maqsad emas, bu shunchaki vosita. Maqsadga yetish yoʻlini 10X ga tezlashtiradi. Ha kiyimga kelsak, shu turishing bilan ham yoqasan manga.

P.S: Agar bir bet kitob oʻqisam, dunyoqarashim 180⁰ ga oʻzgaradi. Bugungi gapim, kechagi gaplarimni oqlamay qolishi mumkin. Ayb menda emas o'sha bir bet kitobda....
26 views Alisa , 14:28
Ochish/sharhlash
2022-11-15 17:15:01 Oʻqimay qoʻyaver

1. Zodogonlar markazlashish qonuni qoʻllab quvvatlaydi. Ammo, hamma ham shahar tomon suzib bora olmaydi.

2. Men qizlarimizni qishloqda suv olib kelib yurishini, sovuq suvda idish, kir yuvishini xohlamayman. Bunday qizlarni, ayollarni koʻrsam ich-ichimdan ezilaman.


3. Qancha katta pul topishni boshlasang, masʼuliyat orta boshlaydi. Pul insonni juda tez buzvoradi, agar uni va o'zini jilovlay olmasa. Tengdoshlaringdan ajrab qolma, ular bilan doimiy aloqada boʻl.

4. Lyuboy sohada "nutq" seni baholab beradi. Insonlarni oʻziga jalb qilishdagi ideal faktor bu "gapirish madaniyati" ekan ishon.

Bu mahoratni rivojlantirish uchun kitob oʻqish, dars oʻtish, omma oldida "bezbetlarcha" gapirish orqali rivojlantirasan.

5. Silayi rahmga juda ham hushyor boʻlishim kerak ekan. Oiladagi opalar, akalar, ukalar va singillar bilan doimo aʼloqada boʻlish meni yuksaltirar ekan.

Ishon, opamlar mani jigarim. Jigarim boʻlmasa man hayotimni zaharlilardan filtrlay olmayman. Agar, mendan biror yaxshilikni koʻrsang, bunda opalarimni hissalari juda ham katta.

6. Hayotda manfaatli yashash faqat menga bogʻliq emas ekan. Qushni uchirish uchun ikkala qanot ham birdek zarur. Faqat bitta qanot bilan ucha olmaydi. Tushungandursan.

P.S: Shu kunlarda blogimga katta fokus bera olmayapman ekan. Ishon, nasib qilsa tez kunda katta kuch bilan qaytaman. Oʻylama, bu mani unutib qoʻydi deb. San yolgʻiz emassan.

Katta kuch bilan qaytyapman, mani shu yerda kut.
28 views Alisa , 14:15
Ochish/sharhlash
2022-11-15 17:11:48 𝖬𝖾𝗇𝗀𝖺 maslahat ber, esimdan chiqib qolyabdi

* Bilasan, senga doim hurmatim o'zgacha. Bu muammo faqat senda emas, 𝗁𝖺𝗆𝗆𝖺𝖽𝖺 𝗎𝖼𝗁𝗋𝖺𝖻 𝗍𝗎𝗋𝖺𝖽𝗂.𝖪𝖾𝗅 , 𝖻𝗎𝗀𝗎𝗇 𝗌𝖾𝗇𝗀𝖺 𝖻𝗂𝗋 𝗇𝖾𝖼𝗁𝖺 𝖾𝗅𝖾𝗀𝖺𝗇𝗍 𝗎𝗌𝗎𝗅𝗅𝖺𝗋𝗇𝗂 𝗈'𝗋𝗀𝖺𝗍𝖺𝗆𝖺𝗇.

1. Fanni ertalab o'qi, sahar o'qi. Lug'atlarni ikkiga bo'lib, biri o'zbekcha narigi tarafi inglizcha qilib yodlama. Bular aktualligini yuqotgan. Maslahat, Ankidroid programmasidan foydalan. Qanday qilib deysanmi?





2. Vitaminli narsalar ko'proq istemol qil. Men abituriyentligimda nonushtani yong'oqsiz tasavvur qila olmas edim, kuniga 3 ta yong'oq menimcha sen uchun ko'pga tushmaydi. Mag'zini shakliga e'tibor ber, miya shaklidaligini ko'rib ham tushunsang bo'ladi.





3. To'q qoringa dars qilma, undan ko'ra bu payt uxlab yubor. Och qoringa biror narsa yodlama. Normada yur, norma payt dars qil. Fanni o'zlashtirishda, Flash Cardlar senga yordam beradi. Qanday foydalanaman deysanmi? Linkga bos jigar.





4. Oxirgi partaga o'tirib, yotib yodlashni maslahat bermayman. Sababi, oxirgi parta seni komfortga olib kirib qo'yadi. O'tgan-ketgan, kirgan-chiqqanga qarab, bir narsani o'rganmay chiqib ketaverasan. Yotib yodlamoqchimisan? Xayrli tun.

5. Fan o'rganayotgan bo'lsang, yodlama jigar. Mohiyatiga yet uni. Nega unday bo'lyapti, menga kerakmi o'zi kabi savollarga javob berib o'rgan. Umid aka Ishmuhammedovga chet ellik ustozi, avval yodlagan narsalaringni endi unut, boshidan o'rganamiz degan ekan. Tushunding-a?





6. Bir kunda 100 ta so'z yodlama, 25 ta yoki undan kam yodla, tamom. Iloji boricha dastlab bir guruhga kiruvchi so'zlardan boshla, misol uchun oshxona jihozlari, oila va hokozo. Bu stil orqali miyani bir xonaga qulflaysan va uni yodlamagunicha tashqariga chiqarmaysan.

7. Nafsni och tut, to'q nafsni jilovlash qiyin bo'lar ekan. Ya'ni ko'ngling nimani tusasa birgalishib ketaverma. Unday nafs bilan biror narsa o'rganish qiyin. Bugun o'zingni qiynab, tish-tirnog'ing bilan kurashsang, nasib qilsa kuni kelib nafsing seni to'q tutadi. Tushunding-a?

P.S: Xudo xohlasa, yozgan postlarimni bir kitob qilib jamlash niyatim bor. Kitobda hali telegram yuzini ko'rmagan devona maqolalarim ham o'rin oladi.

Sizga savol, bu kitobni olib o'qir edingizmi? Kimga sovg'a qilgan bo'lar edingiz? Ha, bu safar savolimga siz ham javob bering qadrdon... Kommentariyada sizni kutaman.
36 views Alisa , edited  14:11
Ochish/sharhlash
2022-11-12 10:53:14 Assalomu alaykum

Boy ota kambag'al ota asaridan olgan insightlarim...

Odamlar oqib moliyaviy bilimga ega bolsalar ham orzulariga binoan hayot kechirishlari uchun yetarli pul oqimini taminlaydigan aktivga ega bolishiga xalaqit beradigan besh xil sabab bor.
Bu sabablar :

1.Qo`rquv
2.Surbetlik
3.Yalqovlik dangasalik
4.Yomon odatlar
5.Kekkayish kibr havo...
48 views Alisa , edited  07:53
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:42:17 Hamma narsani o'rganish mumkin.
"Yo'q, bunga tug'ma talant kerak, buni o'rgatib/o'rganib bo'lmaydi" degan gaplar sizni to'xtatmasligi kerak. Hech kim onasini qornidan Eynshteyn bo'lib tug'ilmaydi. Kuchli xoxish va qattiq harakat - retsept. Boshqa sirli masalliq yo'q. Rasm chizishni xoxlaysiz, lekin chiza olmaysizmi, o'rganish mumkin. Pianino chalishni istaysiz lekin qo'lingizdan kelmaydigandekmi, aynan siz bo'lishingiz mumkin keyingi Moon Sonatani yozadigan kompozitor, raqs tushishni istaysiz, lekin tanangizni yaxshi boshqara olmaysizmi, buniyam iloji bor, qo'shiq aytishni istaysiz lekin ovozingiz yaxshi emasmi, you can still produce global hits. Qanday qilib?

Hammasi oddiy.
Qidirishni, izlashni bilish kerak odam.
Sizda thirst ( chanqoqlik) bo'lishi kerak.
O'zingizni uzoooq vaqtdan beri ovqatlanmagan ozib to'zib ketib och bo'ri deb tasavvur qiling. Siz o'rganmoqchi bo'lgan soha/hobby/skill - sizning o'ljangiz.
Nima qilib bo'lmasin o'ljani qo'lga kiritishingiz kerak.

O'zingizga "Men buni xoxlayman" demang.
"Men busiz yashay olmayman" deng.

Bolaligimdan beri g'alati hobby larni o'rganishim uchun oilamdagilarni shunday manipulyatsiya qilib kelganman. Albatta menga ham hamma "Bor, bilganingni qil, istagan ishing bilan shug'ullan" demagan boshida.

"Nega aynan shuni tanlamoqchisan"?
"Chunki qiziqaman, menga yoqadi" mas.

"Men buni tanlamoqchi emasman, men buni o'zim bilmagan holda allaqachon tanlab bo'lganman, bu meni vena tomirlarimda oqayotgan qonim, bu meni bir bo'lagim, bir parcham. Xuddi oila a'zoyim, yo'q, tana a'zoyimdek. Inson yashashi uchun kerak bo'lgan muhim tana a'zolarisiz yashay olmagandek, men ham shu narsasiz hayotimni tasavvur qila olmayman. Bu meni ich-ichimda, bu meni o'zligim"

Ko'rdingizmi so'z bilan manipulyatsiya qilishni?

Istaysizmi, oxirigacha boring.
Shuni sevasizmi, qo'yib yubormang.
Iste'dod, tug'ma talant degan gaplardan xavotir olmang. Qattiq harakat qilsangiz hammasiga erishishingiz mumkin. Qattiq harakat esa qattiq xoxishga bog'liq. Sevmasangiz bir tiyin.

Gen z avlodisiz. Internetda tonnalab ma'lumot bor. YouTube - eng zo'r instruktor, sho'ng'ing tub-tubiga, hammasi tep-tekin. Bo'ldi qiling, "Menga kimdir o'rgatishi kerak, tushunmayman, menga kimnidir yordami kerak, meni qo'limdan kelmaydi, baribir oxirigacha borolmayman" deyishni.

Tassavur ham qilolmaysiz qancha imkoniyatga ega ekanligingizni.

"Pullar yerda sochilib yetibdi, faqat ularni terib olish kerak" degan gapni eshitganmisiz. Haqiqatdan ham shunday.

Savolni o'zgartiramiz:

"Do you want this?" emas.
"How bad do you want this?"
"How bad do you need this?"

Och bo'ling.
Och bo'ri.

@yupiterlik
147 views Qora ko'zim Azizabegim , 03:42
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:42:11 Shunchaki maslahat 3

1. Biror narsani bilmasang, shunchaki "bilmayman" deyishni o'rgan. O'zingni aqlli ko'rsatish uchun tushunmagan mavzularingda ham gapiraverish, senga nisbatan hurmatni tushiradi.

2. Tushunmadingmi, savol ber. Xoh darsda bo'lsin, xoh boshqa vaziyatda. Ko'pchilik shunday holatlarda xijolat chekadi, lekin bu faqat seni zararingga ishlashini unutma.

3. Odamlar oldida o'zingdan boshqa birovni yasab olma. Shunda har qanday munosabatda samimiylikka erishasan.

@Bahromov_blog
104 views Qora ko'zim Azizabegim , 03:42
Ochish/sharhlash
2022-08-22 18:30:39 Doktor Layvesning akademik boʻlib ketishiga bir bahya qoladi. Gap shundaki, u London Fanlar akademiyasiga quyidagi mazmunda xat joʻnatadi:
“Tibbiyotda yuz bergan gʻalati voqea haqida shoshilinch xabar bermoqchiman.
Men Kaledan Londonga qaytayotgan kema dengizchisi ustundan yiqilib, oyogʻini sindirdi. Shunda men darrov oyoq qismlarini birlashtirib, kema arqoni bilan bogʻladim va dengiz suvi quydim. Dengizchi hech nima boʻlmaganday yurib ketdi“.
Akademiyada hamma Layvesni akademiklikka qabul qilishga ovoz beradi. Ammo toʻsatdan yana bir xat kelib qoladi:
”Shoshilinchda dengizchining oyogʻi yogʻochdan ekanligini aytish yodimdan chiqibdi".

130 views Qora ko'zim Azizabegim , edited  15:30
Ochish/sharhlash