Get Mystery Box with random crypto!

Oʻqimay qoʻyaver 1. Zodogonlar markazlashish qonuni qoʻllab q | Dr.Jo'raxanova Azia || Shaxsiy blog

Oʻqimay qoʻyaver

1. Zodogonlar markazlashish qonuni qoʻllab quvvatlaydi. Ammo, hamma ham shahar tomon suzib bora olmaydi.

2. Men qizlarimizni qishloqda suv olib kelib yurishini, sovuq suvda idish, kir yuvishini xohlamayman. Bunday qizlarni, ayollarni koʻrsam ich-ichimdan ezilaman.

400 ta aholisi bor hududidan tashqariga chiqmay "bunaqa kelin koʻylak kiyaman" degan mantiq bilan yashashi mani "kaskamni" qisadi.

3. Qancha katta pul topishni boshlasang, masʼuliyat orta boshlaydi. Pul insonni juda tez buzvoradi, agar uni va o'zini jilovlay olmasa. Tengdoshlaringdan ajrab qolma, ular bilan doimiy aloqada boʻl.

4. Lyuboy sohada "nutq" seni baholab beradi. Insonlarni oʻziga jalb qilishdagi ideal faktor bu "gapirish madaniyati" ekan ishon.

Bu mahoratni rivojlantirish uchun kitob oʻqish, dars oʻtish, omma oldida "bezbetlarcha" gapirish orqali rivojlantirasan.

5. Silayi rahmga juda ham hushyor boʻlishim kerak ekan. Oiladagi opalar, akalar, ukalar va singillar bilan doimo aʼloqada boʻlish meni yuksaltirar ekan.

Ishon, opamlar mani jigarim. Jigarim boʻlmasa man hayotimni zaharlilardan filtrlay olmayman. Agar, mendan biror yaxshilikni koʻrsang, bunda opalarimni hissalari juda ham katta.

6. Hayotda manfaatli yashash faqat menga bogʻliq emas ekan. Qushni uchirish uchun ikkala qanot ham birdek zarur. Faqat bitta qanot bilan ucha olmaydi. Tushungandursan.

P.S: Shu kunlarda blogimga katta fokus bera olmayapman ekan. Ishon, nasib qilsa tez kunda katta kuch bilan qaytaman. Oʻylama, bu bola mani unutib qoʻydi deb. San yolgʻiz emassan.

Katta kuch bilan qaytyapman, mani shu yerda kut.
@samandarxojasblog