Get Mystery Box with random crypto!

1. Bolang agar sigaret cheksa, tishini koʻp yuvadigan, koʻp at | Dr.Jo'raxanova Azia || Shaxsiy blog

1. Bolang agar sigaret cheksa, tishini koʻp yuvadigan, koʻp atir sepadigan va doim zvachka chaynaydigan boʻlib qoladi. Hammasi maskirovka hisoblanadi.

2. Bolang agar oʻqisa, qoʻllariga ruchka chizilib, koʻp savol beradigan boʻlib qoladi. Tortinchoqligi kamayib boradi.

3. Bolang agar nos cheksa, kiyimini yuvaman deb olganingda bezovtalana boshlaydi, tishlari bilinar darajada sargʻayib ketadi. Uzoq vaqt uyda qola olmaydi, bahona qilib tashqariga chiqib keladi.

4. Bolang telefonda surunkali ravishda gaplashsa, telefonini birortasiga qoʻngʻiroq qilish uchun olsang, bezovtalanib yoningdan jilmay tugashini kutib turadi. Hammayog'ini kodlab tashlaydi.

5. Bolang "binnasabet" oʻynasa sal narsaga hursand yoki sal narsaga hafa boʻladigan boʻlib qoladi. Bir kun puli yoʻq, bir kun bor boʻlishidan bilib olishing mumkin.

6. Davom ettirishim mumkindir, lekin qolganini auditoriya koʻtarmaydi va dadam urishadi. Shunaqa bolalarni oʻziga emas, u bor guruhga joʻnatib qoʻyaver. Sih ham, kabob ham kuymasin.

P.S: Jigarello, sanga 2 ta savolim bor.

1. Postlarni qaysi mavzusidagisi qiziq?
2. Qanday kitob oʻqishni maslahat berasan?