Get Mystery Box with random crypto!

#kayfiyat Abituriyentlarga ustozdan ikki og'iz oʻgit(t | ᴅʀ.ᴊᴀsᴜʀʙᴇᴋ| ᴘᴇʀsᴏɴᴀʟ ʙʟᴏɢ

#kayfiyat
Abituriyentlarga ustozdan ikki og'iz oʻgit(tibbiyot talabasi bo'lishni niyat qilganlar o'qish kerak
)

Shogird ustozidan soʻradi:

- Ustoz, nega men 12 yildan beri oʻqishga kira olmayapman? Buning sinoati nedir?

Ustoz chuqur oʻyga toldi va vazminlik bilan javob berdi:

- Boʻtam, siz tong quyoshining togʻlar ortidan sekin-astalik bilan chiqishini, maysalar ustidagi qirovni qitiqlab eritib, tiniq shabnam tomchilariga aylantirishini kuzatasizmi?

- Albatta, ustoz.

- Togʻdan sharqirab, olamga shovqin solib tushayotgan sharsharaning, daryoda sokin mavjlanayotgan suvning soʻzlariga quloq solasizmi?

- Shubhasiz, ustoz.

- Kumush qadahga toʻldirib quyilgan mayning yuzida oʻz aksingizni koʻrganda chuqur oʻyga tolasizmi? Hayotning maʼnosi haqida fikr yuritasizmi?

- Juda ham koʻp marta, ustoz.

- Oydek suluv goʻzalning koʻksiga boshingizni qoʻyib, uning har bir yurak urishida namoyon boʻlgan muhabbatni vujudingizda xis qilasizmi?

- Deyarli har kuni, ustoz.

- Haa, padaringga laʼnat! Eshshak, vaqtingni bunaqa bekorchi narsalarga sarflamasdan ketingni bir joyga qoʻyib, qunt bilan oʻqiganingda hozir professor boʻlib yurgan boʻlarding! degan ekan


Abituriyentlarga yuboramiz

Hullas talaba bo'lishni niyat qilganlar yaxshilab o'qish kerak vaqt borida...



𝙳𝚁.𝙹𝙰𝚂𝚄𝚁𝙱𝙴𝙺