Get Mystery Box with random crypto!

#QDPI #Tashrif QDPI qoshida yangi oliygoh ochilishi kutilmoqd | Kokand Dreams University

#QDPI #Tashrif

QDPI qoshida yangi oliygoh ochilishi kutilmoqda

Kecha, 22 oktyabr kuni Toshkent shahridagi STARS International University rektori Bahrom Qurbanov tashrif bilan Qo‘qon davlat pedagogika institutiga keldi. Mehmonni QDPI rektori Dilnoza Xodjayeva qabul qildi.

Uchrashuvda Bahrom Qurbanovga institut tarixi, uning faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tomonlar kelgusidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va rejalarni muhokama qilib olishdi. Jumladan, oʻzaro hamkorlikda QDPI qoshida yangi oliygoh tashkil etish, unda qanday fakultetlar bo‘lishi, to‘lov turi va qiymati, ta’lim qaysi tilda amalga oshirilishi va boshqa masalalar muhokamalarining asosiy mavzusi bo‘ldi.

Tashrif davomida Bahrom Qurbanov prorektor Jasur Azamov hamrohligida intitutdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni alohida eʼtirof etdi.

•┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄•
Web|Telegram|Facebook|Insta|You Tube