Get Mystery Box with random crypto!

Gʻafur Gʻulom nomidagi Dream Park sizni 9 dekabr kuni 'ROK NA | dreamparkuz

Gʻafur Gʻulom nomidagi Dream Park sizni 9 dekabr kuni "ROK NA BUBLIKE" turkumidagi ilk konsert dasturiga taklif etadi.

Biz jonli musiqa sadolari bog‘imizda doim yangrab turishini xohlaymiz va buning uchun bahorni kutishga hojat yo‘q! Hozirning o‘zida boshlab yuboramiz!

Kelayotgan juma, 9 dekabr kuni soat 18.00 dan 21.00 gacha Toshkentning mashhur "ELEKTROOKO" va "SOS" guruhlari siz uchun kuylaydi.

Kirish — bepul!

Keling, Yangi yil kayfiyatini hozirdanoq his eting, musiqa tinglab, raqs tushing va yangi bog‘da yayrab sayr qiling!