Get Mystery Box with random crypto!

Men o’zbek yoshlarida potensial yuqori ekanligiga doim ishonga | Bek Olimjon

Men o’zbek yoshlarida potensial yuqori ekanligiga doim ishonganman. Bu ishonch vaqt o’tgan sari sekinlik bilan ortib boryapti. Buxorodan Zuhriddin degan ukamiz quyidagini yozipti.

”Assalomu alaykum. Yaxshimisiz? 3 yil oldin sizdan maslahat soʻrab murojaat qilgan edim. Birinchi qiladigan ishim ingliz tilini oʻrganish degan edingiz. Mana IELTSdan 7.0 oldim. Doʻstim Neʼmatjon (IELTS 7.5, yonimda turibdi u ham) bilan telegram va Youtube kanallaringizni kuzatib boramiz. BDTI 5-kurs talabalarimiz. Rahmat sizga kattakon .”

Insonlar ichida eng qudratlisi aniq maqsadga ega bo’lgan va unga erishishda harakatdan to’xtamaydigani. Maqsad qo’yib unga erishish kayfini tushungan odam o’ziga yorqin kelajak qura olishiga men ishonaman. Yigitlarga muvaffaqiyat tilaymiz.