Get Mystery Box with random crypto!

JSST: Kuzda koronavirus yanada avj olishi kutilmoqda Ertadan | Doctor Muxtorov

JSST: Kuzda koronavirus yanada avj olishi kutilmoqda

Ertadan kuzning birinchi kuni boshlanadi. Ammo dunyo epidemiologlari ushbu faslda koronavirus yanada tez sur’atlarda tarqalishi mumkin, degan xulosada.

Xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyugening ma’lum qilishicha, bu davrda kasallanishlar soni keskin o‘sishi kutilmoqda.

“Yevropa mintaqasida pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19ni yuqtirgan bemorlar soni bir necha hafta o‘tib 250 million nafarga yetadi, — deydi u. — To‘g‘ri, biz o‘tgan davrda koronavirusga qarshi kurash borasida katta natijalarga erishdik.

Ammo hali infeksiya keng tarqalishda davom etmoqda. Shifoxonalarga hamon bu kasallikka chalingan bemorlar yotqizilyapti va hanuz juda ko‘p o‘lim holatlari kuzatilmoqda.

Masalan, o‘tgan haftaning o‘zida mintaqamizda 3 ming nafarga yaqin kishi mazkur xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu dunyo bo‘yicha 22-28 avgust kunlari koronavirusdan vafot etganlarning uchdan bir qismini tashkil qiladi”.

Kanalga ulanish: @Dr_Muxtorov