Get Mystery Box with random crypto!

JSST: Barcha tibbiyot xodimlari va 60 yoshdan oshgan kishilar | Doctor Muxtorov

JSST: Barcha tibbiyot xodimlari va 60 yoshdan oshgan kishilar koronavirusga qarshi emlanishi zarur

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus kechagi bayonotida koronavirusning oldini olishga doir chora-tadbirlar xususida so‘z yuritdi.

Uning qayd etishicha, dunyodagi barcha tibbiyot xodimlari va 60 yoshdan oshgan kishilar COVID-19ga qarshi vaksina olishi va emlanish qamrovi 70 foizga yetishi zarur. 

“Bu insonlar hayotini saqlab qolish va barqaror rivojlanish jarayonini tiklashning eng yaxshi usuli”, — dedi bosh direktor.

Kanalga ulanish: @Dr_Muxtorov