Get Mystery Box with random crypto!

Bir Qarasam... Bir qarasam, doʻstu yordan koʻnglim toʻqday, B | Do'stim mening...!

Bir Qarasam...

Bir qarasam, doʻstu yordan koʻnglim toʻqday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yoʻqday.

Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.

Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butkul olam menga torday.

Bir qarasam, murodimga yetgandayman,
Bir qarasam, koʻzim ochiq ketgandayman.

Bir qarasam, shon-shuhratga yoʻgʻrilganman,
Bir qarasam, endigina tugʻilganman.

1998 yil, avgust


@dostimmening9806