Get Mystery Box with random crypto!

​​ #VARFARIN Dori shakli: tabletka Tarkibi: faol modd | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​ #VARFARIN

Dori shakli: tabletka

Tarkibi: faol modda: varfarin natriy

Farmakoterapevtik guruhi: bilvosita ta‘sirga ega antikoagulyant.

Qòllanilishi:

Chuqur venalar tromboflebiti va tromboembolik asoratlarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi

Qòllash usuli va dozalari:

Varfarin sutkada bir marta buyuriladi, sutkaning aynan bir vaqtida qabul qilgan afzal. Davolash davomiyligi qo‘llashga ko‘rsatmalarga muvofiq shifokor tomonidan belgilanadi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– Preparat komponentlariga yuqori
sezuvchanlik
– o‘tkir qon ketishi
– jigar va yoki buyrak funksiyani
yaqqol buzilishlari va kasalliklari
– og‘ir arterial gipertenziya
– homiladorlik va laktasiya davrida
– 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda
– trombositopeniya
– qon ketishlarini yuqori xavfi bo‘lgan
bemorlar
– gemorragik buzilishlar
– qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi
– arteriya anevrizmasi bo‘lgan
– lyumbal punksiya o‘tkazilgan, me‘da va 12 barmoq ichakning yara kasalligi, og‘ir jarohatlari (shu jumladan operatsion), bakterial endokarditi, xavfli gipertenziyasi, gemorragik insulti, bosh miyaga qon quyilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

 
Nojòya ta'sirlari:

– preparat komponentlariga yuqori
sezuvchanlik
– qon ketishlar
– qusish, ko'ngil aynishi, diareya
– dermatologik reaksiyalar


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi