Get Mystery Box with random crypto!

​​ #LIBEKSIN Dori shakli: tabletka Tarkibi: • Taʼsir | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​ #LIBEKSIN

Dori shakli: tabletka

Tarkibi:
Taʼsir etuvchi modda: prenoksodiazin gidroxloridi

Farmakoterapevtik guruhi: periferik taʼsirga ega yoʻtalga qarshi vosita.

Qòllanilishi:

Kelib chiqishi turlicha boʻlgan quruq yoʻtalda (yuqori nafas yoʻllarining katarida, grippda, oʻtkir va surunkali bronxitlarda, pnevmoniyada, emfizemada, yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlardagi tungi yoʻtalda

Qòllash usuli va dozalari:

Kattalar uchun oʻrtacha dozasi 100 mg dan kuniga 3-4 marta (1 tabletkadan kuniga 3-4 marta) ni tashkil qiladi.

Bolalar uchun oʻrtacha doza bolaning tana vazni va yoshiga qarab belgilanadi, odatda kuniga 25-50 mg dan 3 yoki 4 marta (1/4-1/2 tabletkadan kuniga 3-4 marta).

Tabletkalar chaynalmasdan yutiladi (ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining anesteziyasidan saqlanish uchun).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatga yuqori sezuvchanlik.
– Koʻp miqdorda bronxial sekretsiya bilan kechadigan kasalliklar.
– Ingalyatsion narkozdan keyingi holatlar.
– Galaktozani oʻzlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromida qoʻllash mumkin emas.


Nojòya ta'sirlari:

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, angionevrotik shish.
Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: ogʻiz va tomoqni qurishi, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining anesteziyasi (vaqtinchalik uvishishi va sezuvchanlikni yoʻqolishi).


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi