Get Mystery Box with random crypto!

#Analgin 2ml + #Dimedrol 1 ml Har bir inson hayoti davomida | DORILAR DORIXONA APTEKA

#Analgin 2ml + #Dimedrol 1 ml

Har bir inson hayoti davomida eng ko'p uchratgan dorilar aralashmasi hisoblanadi !!!

Bunday aralashmani mahalliy shifokorlar o'zlari uchun qulay qilib yaratib olishgan, aslida esa bu dorilarni aralashtirib bemorga qilish hech qaysi adabiyotlarda berilmagan !!!

1 . Analgin - tarkibi Metamizol Natriy 500 mg .

Ta'sir mexanizmi : Yallig'lanish jarayonida hosil bo'luvchi va asosiy ro'lni o'ynovchi Prostoglandinlar (yallig'lanish mediatorlari) ingibitori hisoblanadi!

Qo'llanilishi :

- Og'riq qoldiruvchi
- Isitma tushuruvchi
- Yallig'lanishga qarshi

Doimiy qo'llashga berilmaydi , maksimal 1-3 kun beriladi !!!

Metamizol Natriy ko'p rivojlangan davlatlar (Evropa va Amerika) davlatlarida qo'llash taqiqlangan hisoblanadi: Zararli ta'siri ko'pligi uchun!

Qo'llash mumkun emas:

- AB bosim 100 dan past bo'lsa
- Aspirinli Astma
- Gipersezuvchanligi bo'lsa va boshqalar.

Arterial bosimni tusurib yuborishi;

Allergiyasi bo'lsa Anafilaktik shok qilishi;

Bemorni ahvolini yomonlashishiga olib kelishi mumkun!

2. Dimedrol - 10 mg difengidrazin .
- Barcha allergik jarayonlarda ishlatiladi ;
- Asal ari chaqishi
- Terida qichishish
- Kontakt dermatitlar
- O'simliklarga ta'sirchanlik
- 1 darajali kuyish holatlarida

H-1 gistamin blokator
Mexanizmi : bilamiz har qanday yallig'lanish va allergik jarayonlar asosida "Gistamin" moddasi yotadi;

Yalliglanish jarayoni boshlanganda endotoksinlarni Semzi hujayralarga tasiri natijasida ulardan Gistamin ajralishni boshlaydi;

- Qon tomirlarni kengaytiradi
- O'tgazuvchanlikni oshiradi
- AB tushuradi
- Shish chaqiradi
- Terida qichishish
- Allergik jarayonlar

H-1 retseptorlani bloklash orqali shu jarayonlarni oldini olinadi yoki to'xtatilishi mumkun .

Qisman :
- Qusishga qarshi
- Spazmolitik
- Og'riq qoldiruvchi ta'siri bor

Uyqu chaqirish hususiyatiga ega;
Doimiy ravishda ishlatish mumkun emas , faqat allergik jarayonlar bo'lsagina ishlatiladi .

BU PREPARATLAR FAQATGINA SHIFOKOR TAVSIYASI VA NAZORATI BILAN QO'LLANILADI

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi